June 2

Qo‘ng‘irot va Muynoq tumanlaridagi bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi

Ruscha

Har yili 1-iyun kuni dunyo bo‘ylab bolalarning huquqlari, ularning baxtli hayoti va farovon kelajagi uchun g‘amxo‘rlik qilish g‘oyasi bilan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlanadi.

Shu munosabat bilan "Uz-Kor Gas Chemical" MChJ tomonidan Qo‘ng‘irot va Muyno'q tumanlarida ezgu tashabbus amalga oshirildi. Korxona homiyligida tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 40 nafar oila farzandlariga bayram sovg‘alari tayyorlanib, bolajonlarga tantanali tarzda topshirildi.

Bayram sovg‘alari bolajonlar uchun unutilmas lahzalarga aylandi. Ularning chehrasida porlagan tabassum va ko‘zlaridagi quvonch bu tadbirning nechog‘li samimiy va dolzarb ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Bolalar – Vatan kelajagi, millat iftixori. Ularning sog‘lom, baxtli va barkamol bo‘lib voyaga yetishi barchamizning vazifamizdir. Shunday ezgu amallar esa jamiyatda mehr-oqibat, insonparvarlik va birdamlik tamoyillarini mustahkamlaydi.

"Uz-Kor Gas Chemical" MChJ