February 25

Yashil hududlar kengaytirilmoqda 

Ruscha

Davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan 2024-2025 yillarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yirik sanoat korxonalari tomonidan 5 gektardan ortiq "Yashil belbog‘"lar barpo etish belgilangan.

Shu munosabat bilan "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.

Xususan,“Andijon neft bazasi” MCHJ va uning filiallaridagi bo‘sh ekin maydonlariga 2025 yil bahor oylarida 2291 tup daraxt ko‘chatini ekish rejalashtirilgan edi. Shu kunga qadar 8000 tupdan ortiq ko‘chat ekilib, belgilangan reja 286 foizga bajarildi.

“O‘zbekneftgaz” AJning barcha tizim tashkilotlari va korxonalarida yashil hududlarni kengaytirish orqali ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar faol davom etmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook