Mahalliy korxona bilan import mahsulotlarni o‘zlashtirish choralari ko‘rilmoqda
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan sanoat kooperatsiya aloqalari o‘rnatish va kengaytirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Shu maqsadda departament, korxona va boshqarmalar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Toshkent viloyati Olmaliq tumanida joylashgan “Enter Steel” MCHJ ishlab chiqarish bazasida bo‘lishdi.
Zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan ushbu korxona metall konstruksiyalar, transport vositalar, mikrosxemalar, nasoslar, sharli kran, zulfinlar, elektroщit, kabel lotoklarni va ehtiyot qisimlarini ishlab chiqarish hamda ta’mirlashga ixtisoslashgan. U ASME xalqaro sertifikatiga ega Markaziy Osiyodagi ikkinchi zavod hisoblanadi.
Mutaxassislar zavodning ishlab chiqarish imkoniyatlari va quvvatlari bilan yaqindan tanishdi. Sinov laboratoriyasiga o‘rnatilgan Ispaniyaning yuqori o‘lchamli dastgohlarini ko‘zdan kechirishdi. Mazkur laboratoriya metall mahsulotlarni ichki defektlarini ultratovushli tekshiruvi, ultratovushli qalinlik tekshiruvi, metallning cho‘zilishi va boshqa sinovlarni amalga oshiradi.
Muzokaralar yakunida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona mutaxassislari neft va gaz korxona hamda boshqarmalarga taklif etildi. Ob’yektlarda ehtiyojlar uchun hamkorlikda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni o‘zlashtirish, sanoat tajriba sinovlarini o‘tkazish, muammolarni joyida o‘rganib chiqish va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlab, ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.