November 14

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish departamenti neft kimyosi va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish bo‘limi bosh mutaxassisi (bolani 2 yoshgacha tarbiyalash ta'tilidagi xodim o‘rniga) lavozimiga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e'lon qiladi.

Mutaxassisga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablari quyidagilardan iborat:

• ma'lumoti: oliy;
• mutaxassisligi: neft va gaz sohasi menejmenti, texnik, moliya, iqtisod, marketing, logistika, biznes.
• tillarni bilishi: o‘zbek va rus tilini mukammal bilish (ingliz tilini bilish qo‘shimcha afzallik sifatida baholanadi.)
• kompyuter savodxonligi: Ishonchli kompьyuter foydalanuvchisi (Microsoft office: Excel, Word, Powerpoint);
• Neft va gaz sohasida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi.

Bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha talablar:

• Normativ-huquqiy hujjatlar hamda elektron xujjatlar aylanmasi bilan ishlash;
• Sohaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbollari, boshqaruvning bozor usullari, Marketing;
• Bozor kon'yunkturasini o‘rganish, tahlil eta olish;
• Neft bazalarda qo‘llaniladigan texnologiyalar, jarayonlar, ulardagi texnologik qurilmalar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi;
• Sohaga oid ishlab chiqarish tizimlari va hisobga olish usullari, texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ro‘yxatga olish bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalarni bilishi;
• Innovatsion, investitsiya va boshqa loyihalar bo‘yicha axborot tahlil-ma'lumotlari, hisobotlar, ma'ruza matnlari, taqdimotlar, tarmoq jadvallari, yo‘l xaritalari, chora-tadbirlar rejalari va boshqa turdagi hujjatlarni o‘zbek va rus tillarida mukammal tayyorlash;
• Analitik fikrlashning yuqori darajasi, mas'uliyatlilik, stressga chidamlilik, punktual, jamoa bilan ishlay olish, ko‘p vazifali rejimda ishlash, natijaga yo‘naltirilganlik, tizimli va moslashuvchan fikrlash, ish tartibiga qaratilgan, yuqori samaradorlik va natijalarga motivatsiyalanganligi.

Nomzodlar 2024 yil 28 noyabrga qadar rezyume/anketalarini ushbu elektron manzilga yuborishlari yoki ushbu havolaga kirib anketa to‘ldirishlari yoki rezume yuborishlari lozim.

Batafsil ma'lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

Ma'lumot uchun: "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi boshqarma, zavod va korxonalarda faoliyat yurituvchi yuqoridagi talablarga mos keluvchi nomzodlar tomonidan kelib tushgan arizalar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook