November 20

Xodimlar salomatligini tiklash muhim masala

Ruscha

Ishchi-xodimlar salomatligini muntazam ravishda nazorat qilish, kasb kasalliklarining oldini olish hamda sog‘lom turmush-tarzi platformasini yaratish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Markaziy apparati va Jamiyat tasarrufidagi korxonalarda qator tadbirlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Qayd etish joizki, 2023-2024 yillar davomida tizimdagi boshqarma, zavod va korxonalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xodimlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularning tibbiy, madaniy saviyasini oshirish maqsadida jami 18168 nafar xodim ko‘rikdan o‘tkazildi. 2157 ta dispanser ro‘yxat shakllantirilib, 2088 nafar xodim sog‘lomlashtirildi.

Joriy yilning 11-20 noyabr kunlari “O‘zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruv apparatining 800 nafardan ortiq xodimi navbatdagi davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Xodimlar umumiy qon tahlillarini topshirib, okulist, kardiolog, nevropotolog, pulmonolog, terapevt, ultratovush diagnostikasi shifokorlari ko‘rigidan o‘tdilar.

Tekshiruvlar xulosasiga ko‘ra, xodimlarga tibbiy tavsiyalar berildi.

Bunday tadbirlar mehnat jamoasida sog‘lom muhitni shakllantirib, faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook