October 22

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Aktivlarni boshqarish departamentiga 1-toifali mutaxassis lavozimiga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Mutaxassisga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablari quyidagilardan iborat:

• ma’lumoti: oliy;
• mutaxassisligi: moliya, iqtisod, huquqshunoslik, buxgalteriya;
• tillarni bilishi: davlat tilini mukammal bilish (rus va ingliz tillarini bilish qo‘shimcha afzallik sifatida baholanadi.)
• IELTS sertifikati va xorijiy tajriba ustun mavqega ega;
• kompyuter savodxonligi: MS Office dasturlarida ishlashni bilish;
• ish tajribasi: moliya, iqtisod, buxgalteriya;

Maxsus ko‘nikmalar:

• O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini, shu jumladan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini bilish;

Nomzodlar 2024 yil 28 oktyabrga qadar rezyume/anketalarini ushbu havolaga kirib anketa to‘ldirishlari lozim.

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook