January 14

“O‘zbekneftgaz” AJ xodimlari “Gʻalaba bog‘i”ga ekskursiya qilishdi

Ruscha

14 yanvar - O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibidagi zavod, boshqarmalarda “Qudrating yuksalsin, mening armiyam!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Poytaxtdagi tadbir doirasida bir guruh xodimlar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyini borib ko‘rishdi.

Yodgorlik majmuasi va muzey ekspozisiyalari xalqimizning urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va matonati, yuksak insoniy fazilatlarini namoyon etish hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Bu majmua bizni bugungi tinchlik-osoyishtalik, musaffo osmon, farovon hayot qanchalik bebaho ne’mat, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash muqaddas burch ekanligini anglatadi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook