Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi seminar
«O'ZLITINEFTGAZ» AJda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – xodimlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini yuksaltirish, shu orqali korrupsiyaviy xavflarning oldini olishdan iborat.
Seminar-treningda Huquqni muhofaza qilish akademiyasining prokurori hamda "O‘zbekneftgaz" AJning Moliya va komplayens nazorati departamenti mutasaddilari ishtirok etdi.
Mutaxassislar ma’ruzalarida korrupsiyaning jamiyat va iqtisodiyotga yetkazadigan salbiy oqibatlari, uning oldini olish bo‘yicha amaliy choralar hamda qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarbligi va bu jarayonda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati muhim ekanligini anglab yetishdi. Shuningdek, berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar olishdi.
Ushbu seminar «O'ZLITINEFTGAZ» AJda shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan doimiy sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lib, kelajakda bunday tadbirlar tizimli ravishda o‘tkazib borilishi rejalashtirilgan.