“O‘zbekneftgaz” AJ xodimi nufuzli xalqaro mukofotning finalchisi sifatida tan olindi
“O‘zbekneftgaz” AJ markaziy apparatining yosh mutaxassislari jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirib, xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda.
Jumladan Biznesni istiqbolli rivojlantirish departamenti Strategik rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i Akbarbek Bahodirov 2024 yilda Buyuk Britaniyadagi Sasseks universitetida Xalqaro biznes va rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. U yaqinda nufuzli “Study UK Alumni Awards 2025” xalqaro mukofotining “Fan va barqarorlik” yo‘nalishida finalchi sifatida tan olindi.
Qayd etish joizki, Britaniya kengashi tomonidan ta’sis etilgan ushbu nufuzli xalqaro mukofot o‘z kasbiy faoliyatida sezilarli yutuqlarga erishgan va jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgan universitet bitiruvchilariga taqdim etiladi.
“O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati tomonidan iqtidorli, yosh mutaxassislar tashabbuslari va kasbiy rivojlanishlarining faol qo‘llab-quvvatlanib kelinishi bunday muvaffaqiyatlarga zamin bo‘lmoqda. Ularga malakalarini oshirish, mamlakatimizning neft va gaz sohasini modernizatsiya qilish hamda barqaror rivojlantirishga qaratilgan innovasion loyihalarda ishtirok etishga keng imkoniyatlar taqdim etmoqda.
So‘nggi yillarda jamiyat markaziy apparatining bir qator yosh mutaxassislari xalqaro reytinglarga kiruvchi dunyoning yetakchi dargohlarida muvaffaqiyatli ta’lim olib qaytdilar.
Quyida bugungi kunda jahonning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan yosh kadrlarni Jamiyat faxri sifatida keltirish mumkin:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti bosh mutaxassisi Fazliddin Mirsoatov – 2024 yil Florida shtati universiteti (AQSH) magistri;
Transformatsiya va operasion samaradorlik departamenti bo‘limi boshlig‘i Shavkat Sotivoldiyev – 2022 yil Turin politexnika universiteti (Italiya) magistri;
Biznesni istiqbolli rivojlantirish departamenti menejeri Shahzodjon Xolboyev – 2022 yil London Brunel universiteti (Buyuk Britaniya) magistri;
Tijorat departamenti tahlilchisi Behzod Temirov – 2022 yil London Brunel universiteti (Buyuk Britaniya) magistri;
Axborot xavfsizligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi O‘tkirbek Mamatqulov – 2022 yil Moskva davlat texnika universiteti (Rossiya Federatsiyasi) magistri;
Neft mahsulotlari logistikasi departamenti bosh mutaxassisi Karina Gʻaniyeva – 2020 yil UCSI Malayziya universiteti (Malayziya) bakalavriati.