Neft-gaz sohasidagi loyiha boshqaruvi bo‘yicha malaka oshirildi
Yaponiyaning neft-gaz va barqaror energetika sohasidagi hamkorlik markazi (JCCP) tomonidan Tokio shahrida “Neft-gaz sanoatida loyiha boshqaruvi” mavzusida o‘tkazilgan malaka oshirish kursida "O‘zbekneftgaz" AJ mutaxassisi ishtirok etdi.
Unda 8 davlatdan 13 nafar soha vakili qatnashdi. Darslar xalqaro sertifikatga ega professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borildi.
Dastur doirasida soha istiqbollari, loyiha boshqaruvi asoslari, YePC shartlari asosida shartnoma tuzish, loyihadagi xavf-xatarlik omillari, shartnomalar ijrosi nazorati yo‘nalishlari qamrab olindi.
Mutaxassislar loyiha boshqaruvi bo‘yicha xalqaro tajriba, zamonaviy yondashuvlar va amaliy yechimlar bilan tanishdilar.
Yaponiyada olingan bilim va ko‘nikmalar Jamiyat faoliyatida yangi loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va foydalanishga topshirish jarayonlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, buyurtmachi, loyihalash va qurilish tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni optimal yo‘lga qo‘yish orqali har bir loyihada vaqt, sifat va iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori natijalarga erishish mumkin bo‘ladi.