March 17

Yangi tizim orqali qog‘oz hujjatlar bilan ishlashdan voz kechiladi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ham yashil iqtisodiyot tamoyillariga amal qilgan holda tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida Xerox “Workplace Suite” tizimi joriy etilmoqda.

Bu markazlashtirilgan boshqaruv platformasi bo‘lib, u kompaniyadagi barcha printerlar faoliyatini nazorat qilish, xavfsizligini ta’minlash, xarajatlarni kamaytirish, ulardan samarali foydalanish va qog‘oz sarfini kamaytirish imkonini beradi.

Jamiyatning ekologik barqarorlik va resurslarni tejashga yo‘naltirilgan tashabbusi Xerox “Workplace Suite” tizimini joriy etish orqali samarali amalga oshirildi. Bu nafaqat atrof-muhit muhofazasiga hissa qo‘shish, balki ish jarayonlarini avtomatlashtirish va xarajatlarni optimallashtirishga ham xizmat qilmoqda. Bunday innovasion yechimlar yashil iqtisodiyot tamoyillarini amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga asosan o‘tgan yilning to‘rtinchi choragidan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJning barcha ma’muriy binolari hamda boshqarma va zavodlarida “Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasi muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Shuningdek Jamiyat tomonidan bosqichma bosqich qog‘oz hujjatlardan voz kechish, hujjatlar aylanishini butunlay raqamlashtirish maqsad qilingan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati