March 11

“Breyn ring” bilimlar bellashuvlari g‘oliblari aniqlandi

Ruscha

"O‘zbekneftgaz" AJ tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Intellektual olimpiada-2025" musobaqasining 1-chorak yakuni bo‘yicha natijalar e’lon qilindi.

Mazkur olimpiada 5 turdan iborat bo‘lib, bellashuvlar yilning 4 ta choragiga taqsimlangan. Dastlabki 1-turda xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida "Zakovat" va "Zakovat Quiz" o‘yinlari o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.

2-turda yoshlar o‘rtasida "Breyn ring" bilimlar bellashuvlari o‘tkazildi. Musobaqa yakuniy natijasiga ko‘ra 1-o‘rin Muborak gazni qayta ishlash zavodi, 2-o‘rin Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi, 3-o‘rin “O‘zbekneftgaz” AJ Markaziy apparati jamoasiga nasib etdi.

Keyingi turlarda yoshlar o‘rtasida "Zakovat", "Zakovat Quiz" va "Xamsa" kabi intellektual o‘yinlar tashkil etiladi.

Bilimdonlarimizga kelgusi bellashuvlarda ham omad va zafarlar tilaymiz.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati