May 6

Poytaxtda “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024” 26-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Ruscha

Joriy yilning 14-16 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuasida “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024” 26-xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston energetika haftaligi o‘tkaziladi.

Ushbu tadbir hukumat hamda Energetika vazirligi ko‘magida “O‘zbekneftgaz” AJ va “Iteca Exhibition” xalqaro kompaniyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Unda "Energetika, energiya tejamkorligi, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari - Power Uzbekistan 2024" 17- xalqaro ko‘rgazmasi, 4-xalqaro energetika konferensiyasi, "O‘zbekiston milliy strategiyasiga muvofiq energetika siyosatini uyg‘unlashtirish" plenar sessiyasi, G2B va B2B biznes uchrashuvlari hamda "Youth Energy Congress" doirasidagi ijtimoiy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda Avstriya, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Daniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Monako, Niderlandiya, Birlashgan Arab Amirligi, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, AQSH, Turkiya, Fransiya, Chexiya, Shveysariya, Yaponiya kabi 30 ga yaqin mamlakatdan 400 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etishi ko‘zda tutilyapti.

Haftalik doirasida "UNG-YOUTH MARATHON” yoshlar marafoni, "Zakovat" intellektual o‘yini, “O‘zbekneftgaz” AJ haqida nimalarni bilasiz?” mavzusida o‘tkazilgan video tanlov, “Eng yaxshi startaplar va rasionalizatorlik takliflari” tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimlari, "Quvvat" 3D animasion multserialining 2-mavsumi taqdimoti ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Online beyjni qo‘lga kiriting - https://bit.ly/OGU_uz_reg

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook