Jamiyat ayollari nafosat va go‘zallik ayyomida
“O‘zbekneftgaz” AJ Markaziy apparati va uning tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, qayta ishlash zavodlari hamda neft bazalarida faoliyat yuritayotgan barcha ayollarga 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chuqur ehtirom ko‘rsatildi.
Erta tongdan Jamiyatga qarashli barcha bino inshoatlarda moʻtabar va aziz opa singillar munosib kutib olinib, bayram bian tabriklandi.
Qayd etish joizki, davlatimiz rahbarining tashabbusi va hukumat tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘zini namoyon qilishlari uchun sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yaratilayotgan ushbu imkoniyatlar tufayli ayollar oila va jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishib, katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishmoqda. Bunga “O‘zbekneftgaz” AJda faoliyat olib borayotgan 4 mingdan ziyod ayollar ham yorqin misoldir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmog‘i bo‘lgan neft va gaz sohasini rivojlantirish borasida ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan tajribali va malakali mutaxassislar Prezidentimizning Farmoni bilan har yili davlat mukofotlari bilan taqdirlanmoqda.
Erta tongdan muxtarama ayollar, go‘zal va oqila qizlarimiz uchun ulashilgan bahoriy kayfiyat kechgacha davom etishi shubhasiz.