Vakant lavozimlar uchun tanlov
“O‘zbekneftgaz” AJ Investitsiyalar, sanoat va innovatsiya departamenti Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmatlar monitoringi bo‘limi menejeri lavozimiga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e'lon qiladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablar:
• ma'lumoti: oliy;
• mutaxassisligi: Iqtisod;
• tillarni bilishi: o‘zbek, rus, ingliz tillari;
• kompyuter savodxonligi: Ishonchli kompьyuter foydalanuvchisi (Microsoft office: Excel, Word, Powerpoint);
• Kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
Bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha talablar:
• Normativ-huquqiy hujjatlar hamda elektron hujjatlar aylanmasi bilan ishlash;
• Me'yoriy hujjatlar aylanishi elektron tizimlari bilan muntazam ravishda ish olib borish;
• Taalluqli masalalar bo‘yicha Prezident Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, shuningdek Jamiyat boshqaruv organlarining qaror va buyruqlarining bajarilishini ta'minlash;
• Jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilotlar tomonidan yechimlar loyihalari va boshqa materiallarni o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish;
• Yo‘nalishi bo‘yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha oylik, choraklik va yillik xisobotlarni statistik tashkilotga va tegishli vazirlik, idoralarga taqdim etish;
• Investitsiya dasturi, sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish hamda qurilishlar manzilli ro‘yxatiga kiritilgan loyihalar kesimida (oylik, choraklik, yillik) taqdim etiladigan ma'lumotlarga asosan joyiga chiqgan holda o‘rganib, belgilangan majburiyatlarni bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Nomzodlar 2024 yil 29 noyabrga qadar rezyume/anketalarini ushbu elektron manzilga yuborishlari yoki ushbu havolaga kirib anketa to‘ldirishlari yoki rezume yuborishlari lozim.
Batafsil ma'lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.
Ma'lumot uchun: "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi boshqarma, zavod va korxonalarda faoliyat yurituvchi yuqoridagi talablarga mos keluvchi nomzodlar tomonidan kelib tushgan arizalar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.