September 6

Aksiyadorlar diqqatiga!

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ va unga qo‘shilgan jamiyatlar (sobiq “O‘zburg‘uneftgaz” AJ, “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ, “O‘zneftmahsulot” AJ, “O‘zneftgazmash” AJ, “Andijonneft” AJ, “Jarqurg‘onneft” AJ) aksiyadorlariga 2018–2022 yillar yakunlari bo‘yicha hisoblangan, biroq talab qilib olinmagan dividend mablag‘larini to‘lab berish ishlari davom etmoqda.

Talab qilib olinmagan dividendlar jamiyat aksiyadorlarining reyestrida aksiyadorlarning bank rekvizitlari mavjud bo‘lmaganligi sababli yuzaga kelgan.

Aksiyadorlar yoki ularning vorislari yohud merosxo‘rlaridan “O‘zbekneftgaz” AJning Korporativ munosabatlar departamentiga murojaat qilishlari so‘raladi. Murojaatga aksiyadorning bank rekvizitlari (plastik karta raqami, amal qilish muddati va tranzit hisob raqami, bank STIR raqami va kodi), pasport nusxasi ilova qilinishi shart.

Aksiyadorlar tomonidan dividendlarni olish uchun murojaat qilinmagan taqdirda, “O‘zbekneftgaz” AJ O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 51-moddasiga muvofiq, egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yohud merosxo‘ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend jamiyat ixtiyorida qoldirish masalasini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun (+998 71) 231-13-96; (+998 71) 207-27-72 (ichki raqam: 2064, 2067) telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.

Manzil: 100125, Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li 2-berk ko‘cha, 143-uy;

Elektron pochta manzili: [email protected].

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook