March 4

Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat tizimining yillik faoliyati

Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti faoliyati samaradorligini yanada oshirish va 2024 yilda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida tizim Boshqarma (zavod) va korxonalarida profilaktik nazorat ishlari davom etmoqda.

Xususan, Moliyaviy va komplayens nazorati departamenti tomonidan 2024 yil mobaynida moliyaviy va korrupsiyaga oid qonun buzilish holatlarining oldini olish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik ishlar natijasida 56 ta o‘rganish hujjati huquq tartibot idoralariga huquqiy baho berish va qonuniy chora ko‘rish uchun yuborilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan xato-kamchiliklar yuzasidan 110 nafar mas’ul xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan bo‘lsa, 24 nafar xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Shuningdek, Jamiyat tasarrufidagi Zavod, Boshqarma va neftbazalariga aloqa kanallari orqali jami 69 ta ariza, 26 ta shikoyat kelib tushgan bo‘lib, Departament tomonidan o‘rganilgan hamda belgilangan tartibda murojaat mualliflariga tegishli javoblar yo‘llangan.

Jamiyat tasarrufidagi 23 ta boshqarma (zavod) va korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens sohasida xodimlarning savodxonligini oshirish yuzasidan 18 592 ta ishchi-xodimlari ishtirokida tasdiqlangan reja-grafikka asosan 220 marotaba seminar-treninglartashkil etilgan.

Jamiyatning xarid shartnomalarini tuzish hamda mablag‘ ko‘chirish bilan bog‘liq departamentlar tomonidan kiritilgan so‘rovlarga asosan jami 91 ta chet el va mahalliy korxonalarning sanksiyaviy ro‘yxatlarda mavjudligi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilib, tegishli xulosalar taqdim etilgan.

2024 yilning sentyabr oyida ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha tashqi audit o‘tkazilib, Jamiyat faoliyatida yuqori sifat va shaffoflikka sodiqligini namoyon etib 2024-2027 yillar uchun amal qiladigan “ISO 37001:2016” xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritildi.

2024 yil mart oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan e’lon qilingan 95 ta davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalariga ko‘ra “O‘zbekneftgaz” AJ 90 ballik ko‘rsatkichni (3-o‘rin) qaydetib, 2022 yilga nisbatan 10 pog‘ona va “Ochiqlik indeksi” ko‘rsatkichida 75,1 ballik natijanini qayd etib, 2022 yilga nisbatan 13 pog‘ona yuqorinatijaga erishildi.

Tizimda korrupsiyaga qarshi amaliy ishlarni samarali tashkil etishhamda xabar berishda qulaylik yaratish maqsadida, Jamiyat tomonidan respublika bo‘yicha yagona 1810 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv doirasida 2024 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra Jamiyat tasarrufidagi 24 ta korxonada anonim so‘rovnomalar o‘tkazilib, faoliyat olib borayotgan 25 248 nafar (85 foiz) xodimlarning ishtiroki qamrab olindi. Shundan 22 043 nafar xodimlarning (72 foiz) elektron tarzda so‘rovnomada ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi tomonidan Huquqni muhofaza qilishakademiyasida tashkil etilgan o‘quv kurslarida muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun Jamiyatning 170 nafar xodimiga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Departament tomonidan Jamiyat tasarrufidagi korxonalar rahbariyati bilan birgalikda korrupsiyaviy xavflar, moliyaviy xato-kamchiliklar va boshqa salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli nazoratchoralari amalga oshirilishi natijasida, mablag‘larni tiklash, yuzaga kelgan salbiy holatlarni bartaraf etish va mas’ul shaxslarga nisbatan tegishlichoralar ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati