June 5, 2025

“Schlumberger” bilan hamkorlikdagi loyihani boshqarish guruhi tashkil etiladi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi SLB (Schlumberger) kompaniyasining Bosh ijrochi direktori Olivye Le Pesh bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tashrif doirasida Olivye Le Pesh “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi Modellashtirish markazi hamda Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvda 2019–2025 yillar mobaynidagi hamkorlik natijalari tahlil qilinib, istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Tomonlar seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etish, geologiya va geofizika ma’lumotlarini yagona bazaga integratsiya qilish, shuningdek, ilg‘or raqamli yechimlar hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuvda asosiy e’tibor Ustyurt mintaqasida uglevodorodlarni qidirish va qazib chiqarish hamda konlarni oqilona boshqarishga qaratilgan texnologik tashabbuslarni amalga oshirish uchun JPMT (Joint Project Management Team) — Hamkorlikdagi loyihani boshqarish guruhini tashkil etish bo‘yicha imzolangan kelishuvga qaratildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati