Samarqand hamda Jizzaxdagi neft va gaz ob’yektlarida o‘tkazilgan nazorat tekshiruvlari yakunlandi
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Samarqand va Jizzax viloyatlarida joylashgan ob’yektlarda sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holati bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring nazorat tekshiruvlarining 4-bosqichi yakunlandi.
Tadbirlarda “Maroqand neft baza”, “Jizzax neft baza”lar hamda “UNG Petro” MCHJ va ularga qarashli AYOQSHlarda sanoat, ekologiya va mehnat xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish holatlari o‘rganildi.
Korxonalarda mas’ullarga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlarni namunali tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. O‘rganishlar “UNG Petro” MCHJda bu borada belgilangan tartiblarga amal qilinganligini ko‘rsatdi.
Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi, gaz, yong‘in, elektr xavfsizligi yo‘nalishlari hamda xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish va risk bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 24 nafar xodimga chora ko‘rildi.
Aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar tuzilib, ijrosi yuzasidan mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi.