April 13, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Joriy yilning I-choragida neftni qayta ishlash zavodlariga 482,4 ming tonna uglevodorod xom ashyolari yetkazib berildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neftni qayta ishlash zavodlariga 2023 yilning I-choragida jami 482,4 ming tonna uglevodorod xom ashyolari yetkazib berilib, rejaga nisbatan 119 foizga bajarildi.

O‘tgan davrda Jamiyat tasarrufidagi korxonalar tomonidan 293,2 ming tonna (rejaga nisbatan 102 foiz) avtobenzin, 111,7 ming tonna (rejaga nisbatan 120 foiz) dizel yonilg‘ilari ishlab chiqarildi.

Shuningdek, respublika iste’molchilarini avtobenzin mahsulotiga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida joriy yilning I-choragi yakuni bilan “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan jami 68,0 ming tonna AI-80 K-5 rusumidagi avtobenzin import qilinib, shundan 58,0 ming tonnasi iste’molchilarga yetkazib berildi.

Xususan, joriy yilning I-choragida 306,8 ming tonna miqdordagi avtobenzin birja savdolariga joylashtirildi, shundan 293,6 ming tonnasi iste’molchilar tomonidan sotib olindi.

Respublika iste’molchilarini yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan Yevro-4, 5, 6 rusumidagi dizel yonilg‘ilari bilan muntazam ta’minlanib kelinmoqda, jumladan yanvar-mart oylarida birja savdolariga 225 ming tonna shu rusumdagi dizel yonilg‘ilari joylashtirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|