May 20, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Koreyalik hamkorlar bilan istiqboldagi rejalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi

Ruscha

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston Respublikasining 3-xalqaro energetika forumi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ hamda Koreyaning “KEXIM” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

Koreyaning “KEXIM” kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” AJning uzoq yillik ishonchli hamkorlaridan hisoblanadi. Koreya moliya institutlari, jumladan, KEXIM ko‘magida “O‘zbekneftgaz” AJ “Uzbekistan GTL” zavodi va Ustyurt gaz kimyo majmuasi qurilishi kabi megaloyihalarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lindi.

Uchrashuvda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan yaqin yillarda gaz zaxiralarini ko‘paytirish rejalari haqida ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, xorijiy tomon “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi va kelgusida hamkorlik qilishga tayyorligini ma`lum qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini yanada o‘rganish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|