September 18

Kuz-qish mavsumida uzluksiz ishlash uchun keng qamrovli tayyorgarlik olib borilmoqda

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari va qayta ishlash zavodlari 2024/2025 yil kuz-qish mavsumida barcha muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarning barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi o‘zining ishlab chiqarish hajmi va samaradorligi bilan mamlakatning muhim ishlab chiqarish korxonalaridan biri hisoblanadi. Zavodning barqaror ishlashini ta’minlashda mavsumiy rejali ta’mirlash ishlari katta ahamiyatga ega.
Hozirgi kunga qadar zavodda quyidagi muhim ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshirildi:
• 6 ta bug‘ qozoni joriy ta’mirlandi;
• 9 ta sig‘im tozalandi;
• 110 metr elektr tarmog‘i qayta tiklandi;

• 7 ta transformator podstansiyasi va 25 ta dizel elektr stansiyasi ta’mirlandi;
• 200 metr kabel estakadasi, 1710 metr issiqlik tarmog‘i ta’mirlanib, 345 metr issiqlik tarmog‘i izolyasiya qilindi;
• 7 ta gaz taqsimlash punkti tekshirildi;
• 1440 metr suv tarmog‘i ta’mirlandi hamda 36 ta avtomatik ulash qurilmasi ishchi holatida ekani tekshirib chiqildi.

Bu tadbirlar nafaqat mavjud infratuzilmalarni barqaror ishlatishga yo‘naltirilgan, balki ularni modernizatsiya qilish va energiya resurslarini yanada samarali foydalanishga qaratilgan.

Zavodning eng muhim texnologik qurilmalari bo‘lgan Gaz kondensati va neft aralashmasini bosim ostida haydash qurilmasi hamda Umumiy naftani vodorod yordamida tozalash qurilmasida ham ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ta’mirlash jarayonida barcha zaruriy moddiy-texnik resurslar va ehtiyot qismlar tayyor holatga keltirildi. Ta’mirlangan qurilmalarning sifatli ishlatilishi joriy mavsumda zavodning uzluksiz va ishonchli ishlashini ta’minlashga qaratilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook