Germaniya kompaniyalari bilan sanoat kommunikatsiyalari va xavfsizlik sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish doirasida «O‘zbekneftgaz» AJ xodimlari ARIT Sicherheitstechnologien GmbH va Industrie-Electronic GmbH & Co. KG kompaniyalarining tezkor va dispetcherlik aloqa, sanoat aloqa tizimlarini joriy etish sohasidagi ilg‘or texnik yechimlari bilan tanishish maqsadida Germaniyaga xizmat safari uyushtirdi.
Tashrif davomida Industronis kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan INTRON-X zamonaviy modulli telekommunikatsiya IP platformasi namoyishiga alohida e’tibor qaratildi. Qurilmalar neft va gaz sohasidagi korxonalarda aloqa, xabarnomalarni tashkil qilish bilan bog‘liq bir qator vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Jumladan:
• operativ dispetcherlik aloqasi – dispetcherlar va texnologik operatorlar o‘rtasidagi ishonchli ikki tomonlama dinamik aloqa;
• korxona hududida texnologik (ovoz kuchaytirish moslamalaridan) xabar berish;
• favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida xabar berish, shu jumladan fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar signallari hamda yong‘in haqida xabar berish.
Tashrif davomida «O‘zbekneftgaz» AJ vakillari Industronic qurilmasining keng funksional imkoniyatlari va uni joriy etish tajribasi bilan tanishdi. Qurilmaning yuqori ishonchliligi neft-gaz va kimyo sanoatining Linde, SaudiAramco, BASF, Bayer, ENI, China National Petroleum, Chevron, Petronas, Total, Rosneft, Lukoyl, KazMunayGaz va boshqa jahonning yetakchi korxonalarida uzoq muddatli muvaffaqiyatli ishlashi bilan tasdiqlanadi.
Sanoat qurilmalari mamlakatimiz korxonalarida ham samarali qo‘llanilmoqda. Jumladan, “Navoiazot” AJ, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ, «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ, “Lukoyl Uzbekistan opereyting kompani” MCHJ tizimlari, «O‘zbekiston aeroportlari» AJ, «O‘zbekneftgaz» AJ tuzilmalari, jumladan “Uzbekistan GTL” MCHJ, “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK, Janubiy O‘rtabuloq konining kompressor stansiyasi.
Tashrif yakunida «O‘zbekneftgaz» AJ vakillari qurilmalarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish, sinovdan o‘tkazish va yetkazib berish jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, sanoat aloqasi va avariya holatlari haqida xabar berish tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirildi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 11.08.2023 yildagi «Xavf yoki favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida avtomatlashtirilgan ogohlantirish tizimini rivojlantirish va undan samarali foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida»gi 361-son qaror ijrosi doirasida «O‘zbekneftgaz» AJda Safety Monitoring Center - Xavfsizlik monitoringi markazi tashkil etilmoqda.