November 17, 2023

Joriy mavsumda 300 mingga yaqin daraxt va buta ko‘chatlari ekildi

Ruscha

Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan joriy yilgi kuz mavsumida ham daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning 25 oktyabridan boshlab, shu kunga qadar tizimdagi boshqarma va korxonalar tomonidan jami 299 240 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Jumladan,
• Buxoro neftni qayta ishlash zavodida – 44 000 tup,
• Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida – 29 442 tup,
• Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida – 29 635 tup,
• "Termiz neft bazasi" MCHJda – 11 214 tup,
• "Kuchlik neft bazasi" MCHJda – 9 775 tup,
• “O‘zneftgaz burg‘ulash ishlari” MCHJda – 9 850 tup ko‘chat o‘tqazildi.

Ko‘chatlar hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar barpo etish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olinmoqda. Bu borada Ilmiy tadqiqot institutlarining tavsiyasi bilan suvsizlik va iqlim sharotiga chidamli gujum, qayrag‘och, katalpa, akatsiya, zarang, shumtol, tut, jiyda, yong‘oq, terak kabi daraxt novdalari ekilishi belgilangan.

Ekilgan daraxtlar agrotexnik talablar asosida parvarish qilinib, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil “Bahor mavsumi” tadbiri doirasida Jamiyat tomonidan jami 232 718 dona ko‘chat ekilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, amalda esa 241 574 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan.

Bundan tashqari Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida suvdan oqilona foydalanish maqsadida 34 500 p/m tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube