“Energiya tejamkorlik Yangi O‘zbekiston bolalarining nigohida” tanlovi e’lon qilinadi!
“O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiradigan korxonalar xodimlarining 6–16 yoshdagi farzandlari uchun ijodiy tanlov e’lon qilindi.
Maqsad: Yosh avlodda energiya tejamkorlik, “yashil” iqtisodiyot va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga qiziqish uyg‘otish, ijodiy salohiyatni rivojlantirish.
• 6–9 yosh: “Energiyani tejash – mening nigohimda” (rasm tanlovi).
• 10–12 yosh: “Dunyo energiyasi sening qo‘llaringda” (kostyum tanlovi).
• 13–16 yosh: “Aqlli energiya bilan kelajak” va boshqa mavzularda (maket tanlovi).
Tanlov shartlariga oid batafsil ma’lumot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
• Rasmlar (A2, A3, A4), kostyumlar (ekologik materiallardan) yoki maketlarni 2025 yil 30 aprelgacha ungfotokonkurs@gmail.com ga yuboring yoki https://forms.gle/9Vus5S4obaZaeGuZ7 orqali anketa to‘ldiring.
• Ishlar energiya tejamkorlik, ekologiya yoki “Quvvat” multseriali mavzusida bo‘lishi kerak.
Mukofotlar: Gʻoliblar diplom va mavzuga mos sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Ishlar 2025 yil 13–15 mayda OGU-2025 ko‘rgazmasida namoyish etiladi!