Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi bo‘yicha anjuman o‘tkazildi
Qarshi davlat texnika universitetida“Neft va gaz sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda ta’lim va ishlab chiqarish klasterining ahamiyati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qarshi davlat texnika universiteti rahbariyati, yetakchi olimlar, sanoat vakillari hamda “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning mas’ul В Каршинском государственном техническом университете ishtirok etdi.
Anjuman neft-gaz sohasi ta’limini innovasion yondashuvlar asosida rivojlantirish, gaz-kimyo va energetika sanoatidagi dolzarb muammolar, qazib olish jarayonlarida zamonaviy texnologiyalar, neft va gazni chuqur qayta ishlash istiqbollari hamda muhandislik sohalarida dual ta’lim ahamiyati kabi mavzularni qamrab oldi.
Olimlar va sanoat vakillari o‘zlarining ilmiy chiqishlarida sohaga oid ilg‘or ishlanmalar, tajribalar hamda istiqbolli texnologiyalar haqida so‘z yuritdi. Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan texnik yechimlar, texnologik yangiliklar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlar olimlarining ilmiy ishlanmalari keng muhokama qilindi.
Anjuman doirasida "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ tomonidan ta’sis etilgan stipendiya dasturi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Bu tashabbus iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish, ularning kasbiy o‘sishiga ko‘maklashish va sanoat sohasiga tayyor kadrlar yetishtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.