September 19

Xodimlar o‘rtasida shaxmat bellashuvlari o‘tkazildi

Ruscha

Xalqaro shaxmat akademiyasida “O‘zbekneftgaz” AJ Markaziy apparati hamda boshqarma va korxonalar xodimlari o‘rtasida “Shaxmat kunlari” turniri o‘tkazildi.

Musobaqa Prezidentning shaxmatni rivojlantirish va ommaviylashtirishga qaratilgan qarorlariga muvofiq, xodimlar o‘rtasida sportning ushbu turini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasining tezkor (rapid) qoidalariga muvofiq ayollar va erkaklar o‘rtasida alohida o‘tkazilgan bellashuvlarda har bir partiya uchun 10 daqiqa va har bir yurish uchun 5 soniyadan vaqt ajratildi.

Erkaklar o‘rtasida birinchi o‘rinni “O‘zneftgazburg‘ulash ishlari” MCHJdan Alisher Rajabov, ikkinchi o‘rinni Markaziy apparat xodimi Akrom Rajabov, uchinchi o‘rinni esa “O‘ZLITINEFTGAZ” AJdan Vessarion Kim qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ xodimi Laylo Hasanova birinchi o‘rin, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ xodimi Xurshida Qo‘ziyeva ikkinchi o‘rin, “Guliston neft bazasi” MCHJdan Gulnoza Ochilova esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Gʻoliblar “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook