Vakant lavozimlar uchun tanlov
“O‘zbekneftgaz” AJ yuqori malakali mutaxassislar uchun Ichki audit xizmatiga katta menejer va menejer bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi.
Ichki audit xizmati katta menejeri nomzodiga qo‘yiladigan talablar:
• ma’lumot – oliy iqtisodiy, muhandislik-texnik, matematika;
• qo‘shimcha malakalar – ACCA yoki CIA, auditor sertifikati;
• ish tajribasi – 3 yildan kam bo‘lmagan “Katta to‘rtlik” va yirik kompaniyadagi ichki auditdagi ish tajriba;
• kasbiy malaka – O‘zR fuqarolik, buxgalteriya, soliq qonunchiligi; MHXS, Xalqaro audit standartlari;
• ko‘nikmalar – 1C; MS Office, boshqa buxgalteriya dasturlari (SAP, IBM);
• tillarni bilish – rus va o‘zbek tillari (rus tilida hisobotlar tayyorlash);
• qo‘shimcha talablar – xizmat safarlari (50%gacha);
• shaxsiy sifatlar – mas’uliyat, stressga chidamlilik, jamoada ishlash qobiliyati;
• oylik maoshi – suhbat davomida kelishiladi;
• sinov muddati – 3 oy.
Ichki audit xizmati menejeri nomzodiga qo‘yiladigan talablar (Sertifikatlanmagan):
• ma’lumot – oliy iqtisodiy, oliy muhandislik-texnik, matematika;
• qo‘shimcha malakalar – auditor, soliq maslahatchisi sertifikati;
• ish tajriba – 2 yildan kam bo‘lmagan “Katta to‘rtlik” va yirik kompaniyadagi ichki auditdagi ish tajriba;
• kasbiy malaka – O‘zR fuqarolik, buxgalteriya, soliq qonunchiligi; MHXS, Xalqaro audit standartlari;
• ko‘nikmalar – 1C; MS Office, boshqa buxgalteriya dasturlari (SAP, IBM);
• tillarni bilish – rus va o‘zbek tillari (rus tilida hisobotlar tayyorlash);
• qo‘shimcha talablar – xizmat safarlari (50%gacha);
• shaxsiy sifatlar – mas’uliyat, stressga chidamlilik, jamoada ishlash qobiliyati;
• oylik maoshi – suhbat davomida kelishiladi;
• sinov muddati – 3 oy.
Ochiq tanlovda qatnashish uchun nomzodlar anketa-rezyumelarini 2023 yilning 15 noyabr sanasiga qadar “Onlayn anketa” tizimi orqali yuborishlari lozim.“Onlayn anketa” tizimiga: https://www.ung.uz/about/vacancy/21/sub/46/1 Jamiyatning rasmiy www.ung.uz sayti orqali kiriladi.