March 12

Stipendiya dasturi g‘oliblari aniqlandi

Ruscha

O‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bir necha bosqichli yozma va og‘zaki shakldagi tanlov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 7 nafar talaba 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan "Uzbekistan GTL" MCHJ VI-stipendiyasi g‘olibligiga munosib ko‘rildi.

Gʻoliblarga bir o‘quv yili mobaynida har oy tegishli miqdorda stipendiya to‘lab boriladi hamda ular korxona kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

Bundan tashqari 22 nafar talaba dastur faol ishtorokchilari deb topildi. Bir nafar ishtirokchi "UzGTL e’tirofi" nominatsiyasi sovrindori deb e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, stipendiya tanlovining 3-bosqichiga o‘tgan barcha 244 nafar talaba ishlab chiqarish amaliyotiga tavsiya etilgan bo‘lib, zavodda kengaytirilgan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Amaliyot davomida ular ham 3 mahal issiq ovqat, yotoqxona va transport bilan ta’minlanadi hamda malakali mutaxassislarga biriktiriladi.

Yoshlarning bu muvaffaqiyati yangi imkoniyatlar eshigini ochib, kelajakdagi kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

“Uzbekistan GTL” MCHJ PR xizmati