March 4

“Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni muborak bo‘lsin!

Ruscha

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan 8 mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlanganlar orasida “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi toifali yetakchi muxandisi Manzura Rajabova ham bor.

Bugungi kunda zavodda 3300 nafar ishchi xizmat qilmoqda. Zavodning yuqori natijalarga erishishida Manzura Rajabovaning ham alohida hissasi bor.

M. Rajabova mamlakatimiz iqtisodyotining muhim tarmog‘i - gazni qayta ishlash sohasida 33 yildan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan tajribali mutaxassislardan. U ko‘plab yosh kadrlarga ustozlik qilish bilan bir qatorda, ayollar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qator tashabbuslarini ham amalga tatbiq etgan.

Uning mehnatlari natijasida zavod “Gendir tenglik faoli” respublika ko‘rik tanlovining tuman va viloyat bosqichlarida "Gendir tenglikni ta’minlashda eng faol davlat tashkiloti" nominatsiyasini qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Uning tashabbuskorligi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan munosib taqdirlandi. Manzura Rajabovani mazkur mukofot bilan chin dildan muborakbod etgan holda, kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook