Xitoylik hamkorlar bilan muzorkaralar o‘tkazildi
Bugun “Asia Trans Gas” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi ta’sischilari – “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati hamda Xitoyning “Trans-Asia Gas Pipeline Co. Ltd” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar jarayonida “Asia Trans Gas” MCHJ qo‘shma korxonasining tashkil etilishi, uning faoliyati O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikning natijasi sifatida katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, ushbu loyiha har ikki mamlakat uchun ham manfaatli ekani qayd etildi.
Muloqotda qo‘shma korxonaning o‘tgan yillar davomida erishgan natijalari, joriy yildagi faoliyati, oldiga qo‘yilgan vazifa va maqsadlari ko‘rib chiqildi. “Trans-Asia Gas Pipeline Co. Ltd” Boshqaruv raisi tomonidan qo‘shma korxona faoliyatini yanada samarali olib borish, 2025 yildagi mablag‘larni iqtisod qilish va biznes planini qayta ko‘rib chiqish taklifi Jamiyat rahbariyati tomonidan ma’qullandi.
Uchrashuv so‘ngida, ko‘tarilgan masalalar va ularning ijrosi bo‘yicha ta’sischilar bayoni tasdiqlanishi va unda qo‘shma korxonaga faoliyati bilan bog‘liq aniq vazifalar ko‘rsatib o‘tilishiga kelishib olindi.
Kelgusida hamkorlikdagi loyihalarning tahlili va muhokamasi uchun Xitoy Xalq Respublikasining neft va gaz sohasidagi yirik korxonalar rahbarlari bilan muloqotlar olib borishga kelishib olindi.