December 2, 2024

Yosh kadrlar o‘zaro tajriba almashdi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz”AJ tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yoshlarni o‘zaro fikr va tajriba almashishini ta’minlash maqsadida bir guruh yosh kadrlarning navbatdagi ekskursiyasi poytaxtda tashkil etildi.

Dastlab yosh mutaxassislarga “O‘zLITIneftgaz” AJda olib borilayotgan so‘nggi muhandislik-texnik izlanishlar, ilmiy-konstruktorlik tadqiqotlar haqida ma’lumot berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan jarayonlar, xususan, dispetcherlik xizmati, modellashtirish, konlarni ishlatish va burg‘ilash ishlarini boshqarish markazlari faoliyati yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

“Yoshlar kuni” doirasida I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ham o‘tkazildi. Unda Jamiyat Boshqaruv raisi o‘rinbosari Qahramon Hakimov tizimda o‘z faoliyatini olib borayotgan yoshlarimizning taklif mulohazalarini tingladi.

Shundan so‘ng, yosh kadrlar Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ekskursiya qilishdi. Yoshlar ekskursiyasi "Bunyodkor" – "Paxtakor" uchrashuvini tomosha qilish bilan o‘z yakuniga yetdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan bu kabi tabdirlar yosh kadrlarga kuch va g‘ayrat, o‘z ishiga shijoat va fidoiylik bag‘ishlasa ajab emas.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook