“Ibratli oila” – jamiyat tayanchi va kelajak tarbiyasidagi namuna
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda bir guruh oilalar Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ta’sis etilgan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Aytish joizki, mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash, ibratli oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish va ularni rag‘batlantirish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida amalga oshirilmoqda. Bu – sog‘lom va barqaror jamiyat poydevori sifatida oilaga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yorqin namunasidir.
15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi asosida o‘tkazilgan tadbirda farzand tarbiyasi, sog‘lom turmush tarzi va tadbirkorlik sohalarida namuna bo‘layotgan bir qator oilalaruf ushbu ko‘krak nishoni tantanali tarzda taqdim etildi.
Taqdirlanuvchilar orasida “O‘zbekneftgaz” AJ Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi faol xodimi Yoqub Parmanov va Markaziy kimyo laboratoriyasi boshlig‘i Damira Akanova oilasi ham borligi biz uchun faxrdir.
“O‘zbekneftgaz” AJ ushbu oilani chin qalbdan tabriklaydi va yosh avlodga ibrat ko‘rsatayotgan fidokorona xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiradi.