March 12

“Manfaatlar to‘qnashuvi” bo‘yicha yillik deklaratsiyalar to‘ldirildi

Ruscha

O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Jamiyatning Markaziy apparati, boshqarmalari (zavod), korxona va neft bazalarida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti tomonidan Jamiyat hamda tizim korxonalari rahbar, moddiy javobgar shaxslar va mas’ul xodimlaridan jami 2 653 nafaridan manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyalari olindi hamda tahliliy ishlar amalga oshirildi.

Deklaratsiyalar to‘ldirilishi jarayonida har bir ishchi va mas’ul shaxsning manfaatlar to‘qnashuvi ehtimoliyligi va uning ta’sirini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

Jami 136 ta holatda shundan 18 ta real va 118 ta ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holatlari mavjud bo‘lsada, real manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish yuzasidan mas’ullar tomonidan choralar ko‘rilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holatlari to‘g‘risida ham kelgusida to‘liq tahlillar olib borish va ehtimoliy ziyonlarning oldini olish uchun ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, qonuniy talablarning aniq va qat’iy bajarilishi uchun ichki nazorat mexanizmlarini yanada mustahkamlash, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni doimiy ravishda yangilash va ularni oshkora taqdim etish muhimligi qayd etildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati