December 14

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Transformatsiya va operatsion samaradorlik departamenti (Gazli NGQCHB, Buxoro viloyati)ga quyidagi lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi:

• Operatsion samaradorlik xizmati boshlig‘i;

• Operatsion samaradorlik xizmati mutaxassisi;

Nomzodlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar:

• Iqtisodiyot, menejment, texnologiya, muhandislik mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
• O‘zbek va rus tillarini og‘zaki va yozma, ingliz tilini bilishi ustunlik beradi.
• Xizmat boshlig‘i lavozimi uchun neft va gaz sohasida kamida 5 yil, xizmat mutaxassisligi uchun kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
• Loyihalarni boshqarish,iqtisodiyot va menejment asoslarini bilish, qurilma va uskunalar texnologiyasi va ishlash tamoyillari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi lozim.
• Byudjet va biznes - rejalarni tuzish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.

Maxsus ko‘nikmalar:

• Hujjatlar elektron aylanmasi bilan ishlash;
• Boshqaruv tizimi, xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish, atrof-muhit, sanoat xavfsizligi va boshqa me’yoriy hujjatlarning talab va asoslarini bilish;
• Rahbarlik va tashabbuskorlik, tahliliy va baholash, muammolarni aniqlash hamda yechim topish qobilyatiga ega bo‘lish talab etiladi.

Nomzodlar 2024 yil 20 dekabrga qadar rezyume/anketalarini ushbu havola orqali to‘ldirishlari lozim.

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook