July 3, 2023

“O‘zbekneftgaz”: “Ernst & Young” xalqaro auditorlik kompaniyasidan 2022 yil uchun ijobiy auditorlik xulosasi olindi

Ruscha

Joriy yilning 29 iyun kuni “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2022 yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari (MHXS) asosida to‘liq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” xalqaro auditorlik kompaniyasining ijobiy auditorlik xulosasi olindi.

Ta’kidlash joizki, “O‘zbekneftgaz” AJning 2022 yil uchun moliyaviy hisobotini tayyorlash va auditdan o‘tkazish ishlariga o‘tgan yilning iyun oyi boshida kirishilgan edi.

“O‘zbekneftgaz” AJning Buxgalteriya hisobi va korporativ hisobot departamenti xodimlari tomonidan tayyorlangan hisobot loyihasi joriy yilning aprel-may oylari davomida “Ernst & Young” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan tekshirib chiqildi.

Natijaviy ko‘rsatkichlarning haqqoniyligini ta’minlash maqsadida quyidagi ekspert hisobotlari "Ernst & Young” kompaniyasiga taqdim etildi:

• AQSHning “DeGoliyer & MacNaughton” konsalting kompaniyasi tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJga tegishli konlarda uglevodorodlar zahirasi to‘g‘risidagi hisobot;

• “KPMG” halqaro baholovchi kompaniya tomonidan tizim korxonalarining asosiy vositalari va tugallanmagan qurilish ob’yektlarining haqqoniy qiymatining qadrsizlanish testi to‘g‘risidagi hisobot;

• “Actuary Service” aktuarlik kompaniyani tomonidan 2022 yil oxirida “O‘zbekneftgaz” AJ korxonalarining xodimlari oldidagi uzoq muddatli majburiyatlarning aktuarlik bahosi to‘g‘risidagi hisobotlar.

Mazkur hisobot va auditorlik xulosasi jahondagi nufuzli reyting agentliklari – “Fith Ratings”, “S & P Global Ratings” va “Moody’s”, yirik xorijiy banklar – “City Bank”, “Mitsubishi UFJ Financial Group”, “JPMorgan Chase & Co”, “China Development Bank”, “Deutche Bank”, “Gaprombank” va boshqalar, potensial xorijiy investorlarga, xalqaro konsalting va yuridik kompaniyalarga ham taqdim etildi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|