Yoshlar o‘rtasida mini-futbol va street-workaut musobaqalari o‘tkazilmoqda
Xabaringiz bor, prezident topshirig‘iga binoan vazirliklar, hokimliklar va davlat tashkilotlari rahbarlariga hududlardagi sharoiti og‘ir, ko‘makka muhtoj yoshlar biriktirilib, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilash maqsadida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Avval xabar berilganidek, "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan Toshkent tumanidagi 4-, 9 va 27-umumta’lim maktablari hududlarida barcha sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy sport maydonchasi, eng so‘nggi kompyuterlar va dasturiy ta’minot bilan jihozlangan IT xonalari hamda mo‘jazgina kutubxonalarni o‘zida jamlagan Yoshlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Shu kunlarda ushbu maktablar hududidagi stadionda yoshlar o‘rtasida mini-futbol va street-workaut musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu musobaqa "Besh tashabbus olimpiadasi" hamda "Saylov va yoshlar" targ‘ibot loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.