“O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati va Malayziyaning “Five Petroleum” kompaniyasi vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Unda tog‘ jinslari namunalarining raqamli tasvirlarini olish, tizimlashtirilgan holda saqlash va qayta ishlashga kompleks yondashuvni nazarda tutuvchi “Raqamli kern” (“tog‘ jinsi”) loyihasini birgalikda amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
“Five Petroleum” kompaniyasi vakillari hamkorlikdan manfaatdor bo‘lib, O‘zbekistonning infratuzilma imkoniyatlarini batafsil tahlil qilishlarini bildirdilar.
Uchrashuv yakuni bilan «O‘zgeofizika» AJ, «O‘zLITIneftgaz» AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan loyiha bo‘yicha konseptual taklif tayyorlanadi.
Tomonlar o‘zaro sheriklikni mustahkamlash va istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
Mehmonlar shuningdek Jamiyatda faoliyat olib borayotgan Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazi, Modellashtirish markazi va raqamlashtirilgan loyihalar bilan ham yaqindan tanishtirildi.