August 1, 2025

“To‘xtash soati” tadbirlari o‘tkazilmoqda

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tizim korxonalarida xavfsizlikni ta’minlash, baxtsiz hodisalarning oldini olish, har bir xodim hayotini himoyalash va sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yil boshidan Sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi departamenti tomonidan 17 ta boshqarma, korxonada jami 403 nafar xodim va mutaxassisni qamrab olgan “To‘xtash soati” tadbirlari tashkil etildi.

Ularda ishchi-xodimlar o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini oshirish, xavf va risklarni oldindan anglash hamda ularni bartaraf etish ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar tahlil qilinib, mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilinishi va himoya vositalaridan foydalanish bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi. Mutaxassislar xodimlarning barcha qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Bunday tadbirlar xodimlarda nafaqat bilim, balki shaxsiy mas’uliyat, xavfni oldindan ko‘ra bilish, kasbiy madaniyat va uyushqoqlikni oshiradi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati