January 17

Yosh avlodni energiya tejashga o‘rgatamiz

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Toshkent tumanida joylashgan 4, 9 va 27- umumta'lim maktablari hududida barpo etilgan “Yoshlar markazlarida” bolalarni energiya tejashga o‘rgatishga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.

Ularda o‘quvchilarga “O‘zbekneftgaz” AJ ko‘magida tayyorlangan “Quvvat” multseriali namoyish etildi. Xabaringiz bor, multserial har bir qismida elektr energiyasi, suv va gazdan to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha tushunchalar beriladi.

O‘quvchilar multfilmni qiziqish bilan tomosha qilishdi va viktorinalarda faol ishtirok etib, esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritishdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook