UZBEKNEFTEGAZ_UZ
@uzbekneftegaz_ung_uz
UZBEKNEFTEGAZ
1.9K posts

Qishga tayyorgarlik: asosiy e’tibor — aholi ehtiyoji va barqaror yoqilg‘i ta’minotiga

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov rahbarligida o‘tkazilgan avvalgi yig‘ilishda tabiiy gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlari va geologik-texnik tadbirlar ijrosi sarhisob qilingan (https://teletype.in/@uzbekneftegaz_ung_uz/S-433PJ6jC6) bo‘lsa, bugun qayta ishlash va ishlab chiqarish korxonalari kesimida 10 oylik hamda yil yakuni bo‘yicha kutilayotgan natijalar, mavjud masalalar va ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.

Gazni ko‘paytirish bo‘yicha har bir chora-tadbir shaxsiy nazoratimda - A.Sanginov

Bugun “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligida tabiiy gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlari, geologik-texnik tadbirlar ijrosi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Quduqlar imkoniyati — qish mavsumi uchun tayanch

Qishga tayyorgarlik konlardagi har bir quduq, gaz quvuri va kompressor stansiyasining barqaror ishlashi bilan bog‘liq. "O‘zbekneftgaz" AJda 2026/2027 yillar kuz-qish mavsumi oldidan yangi quduqlarni burg‘ilash, mavjudlarini ta’mirlash va ishlab chiqarish infratuzilmasini tayyorlashga e’tibor qaratilmoqda. Maqsad — tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini saqlab qolish va iste’molchilarni uzluksiz ta’minlashga xizmat qiladigan imkoniyatlarni safarbar etish.

108,3 milliard so‘mlik zarar o‘rniga 25,2 milliar foyda: neft bazalar ilk bor sof foydaga chiqdi

Yillar davomida yo‘qotishlar, talon-torojlik va surunkali moliyaviy zararlar neft bazalar tizimining eng og‘riqli muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Yil boshida "O‘zbekneftgaz" AJ tasarrufidagi neft bazalarning atigi uchtasi foyda bilan ishlagan.

Nufuzli xalqaro reyting agentliklari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Londonda "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Suhrob Hamroyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari "Fitch Ratings" va "S&P Global Ratings" agentliklari tahlilchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ularda O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirining neft-gaz tarmog‘i bo‘yicha o‘rinbosari Xurshid Mustafoyev ham onlayn ishtirok etdi.

95,4 milliard so‘mlik zarar o‘rniga 25,2 milliardlik foyda: neft bazalar ilk bor sof foydaga chiqdi

Yillar davomida yo‘qotishlar, talon-torojlik va surunkali moliyaviy zararlar neft bazalari tizimining eng og‘riqli muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Yil boshida "O‘zbekneftgaz" AJ tasarrufidagi neft bazalarning atigi uchtasi foyda bilan ishlagan. Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov tomonidan belgilangan chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi va ijrosi ustidan qat’iy nazorati natijasida to‘qqiz oyda foyda bilan ishlayotgan bazalar soni 13 taga yetdi. Eng muhimi, 95,4 milliard so‘mlik zarar o‘rnini 25,2 milliard so‘m sof foyda egalladi. Moliyaviy tushumlar va tejalgan mablag‘lar 530,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Neft bazalar tarixida ilk bor qayd etilgan bu natija tizimdagi islohotlar amalda moliyaviy samara berayotganini ko‘rsatdi.

Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq aholisi uchun bir necha yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratiladi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligidagi ishchi guruhning Qoraqalpog‘istonga navbatdagi tashrifi davom etmoqda.

Konlardagi haqiqiy holatni o‘rganish — qazib chiqarish va kuz-qishga tayyorgarlikda muhim omildir

Bugun "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilish kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida maxsus ishchi guruh tomonidan Muborak hamda Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarining quyi bo‘g‘inlari, konlardan tortib kompressor stansiyalarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari tahliliga bag‘ishlandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ va Bank of China o‘rtasida qayta moliyalashtirish bo‘yicha Mandat bitimi imzolandi

2026-yil 18-sentabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya hamda Bank of China’ning Yaponiyadagi vakolatxonasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Aqlli” qo‘riqlash: 21 kilometrlik quvur liniyasi va 5 mlrd so‘mlik samara

“O‘zbekneftgaz” AJda yil boshidan boshlangan islohotlar nafaqat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish, balki har bir jarayonda samaradorlikni ta’minlash, ortiqcha xarajatlarni qisqartirish va zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishga qaratilgan. Bu yondashuv qo‘riqlash tizimida ham o‘zining amaliy natijasini ko‘rsatmoqda.