August 3

“O‘zbekgeofizika” AJda yarim yillik natijalar tanqidiy tahlil qilindi

“O‘zbekgeofizika” AJda 2026-yilning I yarim yilligi yakunlari hamda yilning ikkinchi yarmida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tanqidiy hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda joriy yil boshida belgilangan vazifalar ijrosi, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish, ish samaradorligi va natijadorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, jamiyatni isloh qilish doirasida zamonaviy 3D seysmik qidiruv va kon-geofizika uskunalarini xarid qilish, maxsus texnikalarni yangilash, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya va raqamlashtirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda xodimlarni erishilgan natijalar asosida rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

"O'zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati