Yesterday
Vakant lavozimga tanlov
«O‘zbekneftegaz» AJ Ichki audit xizmati bosh mutaxassisi lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi.
Kuzatuv kengashi a’zolari uchun malakaviy talablar:
- muhandislik-texnika, matematika, iqtisodiyot yoki turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha oliy -ma’lumot;
- «Katta to‘rtlik» kompaniyalarida, shuningdek, yirik kompaniyalarda ichki audit sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
- ACCA, CIA yoki O‘zbekiston Respublikasi ichki auditori sertifikatiga ega bo‘lish afzallik hisoblanadi.
- tasdiqlangan rejaga muvofiq har choraklik va yillik asosda ichki auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish;
- xo‘jalik shartnomalarini qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish;
- buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot va qonunchilikni qo‘llash masalalari bo‘yicha uslubiy hamda maslahat yordamini ko‘rsatish;
- jamiyatning sho‘ba va tobe korxonalari ichki audit xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish;
- yirik bitimlar va affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlarni o‘rganish, tegishli xulosa va tavsiyalar tayyorlash;
- ichki nazorat va risklarni boshqarish tizimining samaradorligini baholash va monitoring qilish;
- korporativ boshqaruv tamoyillarining joriy etilishi va ularga rioya etilishini baholash;
- investitsiya dasturlari samaradorligini tahlil qilish va KPI ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Jamiyatlar guruhining asosiy biznes-jarayonlarini tahlil qilish;
- tuzatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini monitoring qilish;
- korrupsiyaviy huquqbuzarlik belgilari aniqlangan holatlar to‘g‘risida axborot berish, firibgarlik holatlarini o‘rganish va tergov qilish jarayonlarida ishtirok etish;
- lavozim yo‘riqnomalarining mavjudligi va ular talablariga rioya etilishini tanlab tekshirish;
- xayriya va homiylik mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq jarayonlarni ham qamrab olgan yuqori xavfli biznes-jarayonlarni monitoring qilish;
- xaridlar sohasida qonunchilik va ichki hujjatlar talablariga rioya etilishini tekshirish, jumladan, affillanganlik, lotlarni asossiz maydalash va yiriklashtirish, shuningdek, raqobatsiz xaridlarni amalga oshirish holatlarini aniqlash. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik, buxgalteriya hisobi va soliq qonunchiligini bilish;
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MSFO) va Ichki auditning xalqaro standartlarini (GIAS) bilish;
- ichki audit va ichki nazorat prinsiplari hamda usullarini yaxshi bilish;
- 1С dasturida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;
- MS Office dasturlarini ishonchli darajada bilish;
- katta til modellari (LLM) ishlash prinsiplarini tushunish va ish jarayonida sun’iy intellekt (AI) vositalaridan amaliy foydalanish ko‘nikmalari;
- o‘zbek va rus tillarini erkin bilish, rus tilida tahliliy va auditorlik hisobotlarini tayyorlash ko‘nikmasi;
- xizmat safarlariga tayyorlik (ish vaqtining 50 foizigacha). Yuqori darajada analitik fikrlash, mas’uliyat, stressga chidamlilik, punktuallik, jamoada ishlash qobiliyati, ko‘p vazifalilik, natijaga yo‘nalish, tizimli va keng fikrlash, ish jarayoniga intizomli yondashish, yuqori ish qobiliyati va natijaga motivatsiya.
Rezyume/obyektivlarni ushbu havola orqali yuborish mumkin:
https://www.ung.uz/about/vacancy/21/sub/46/1
Muddat: 2026-yil 15-sentyabrga qadar
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon qilish mumkin: +(99871) 207-27-72 (23-36, 23-34).
Yesterday, 14:37
0 views
0 reposts