February 17
Birlashgan Arab Amirliklarining “ADCB” banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
"O‘zbekneftgaz" AJ rahbariyati "Abu Dhabi Commercial Bank" (ADCB) vakillari bilan muloqot davomida kompaniyada amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash chora-tadbirlari, yangi investitsiya loyihalari hamda amaldagi hamkorlik doirasida erishilgan natijalarni muhokama qildilar.
Bank vakillari 2026-yilda “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatini moliyalashtirishni yanada kengaytirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik klub krediti, sindikatlashtirilgan kreditlar va yevroobligatsiyalar chiqarish kabi yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
February 17, 09:55
0 views
0 reposts