Today

Vakant lavozimiga tanlov

“O‘zbekneftgaz” AJ Strategiya loyiha ofisi rahbari lavozimiga nomzodlarni jalb qilish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Strategiya loyiha ofisi rahbari lavozimi uchun malakaviy talablar:

• Ma’lumoti: oliy (Iqtisodiyot, moliya, menejment yoki neft-gaz);
• Strategiya loyiha ofisi faoliyatini boshqarish;
• Jamiyatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, yangilash va amalga oshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
• Strategik tashabbuslar portfelini shakllantirish, ustuvorlashtirish va boshqarish;
• Strategiyani boshqarish tizimini (Strategic Management Framework) joriy etish va rivojlantirish, jumladan:
– KPIlarni belgilash va dekompozitsiya qilish;
– ijro monitoringini olib borish;
– maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni boshqarish.
• Guruh darajasida strategik rejalashtirish va tashabbuslarni amalga oshirishning yagona metodologiyasini ta’minlash;
• Boshqaruv va Kuzatuv kengashi uchun strategik hisobotlarni tayyorlash hamda taqdim etishni tashkil etish;
• Strategiyani quyidagilar bilan integratsiya qilishni ta’minlash:
– moliyaviy model;
– investitsiya dasturi;
– operatsion faoliyat.
• Strategik tashabbuslar risklarini boshqarish;
• Aksiyador, davlat organlari, xalqaro hamkorlar va tashqi konsultantlar bilan hamkorlik qilish;
• Kuzatuv kengashi va aksiyador tomonidan tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishini ta’minlash.

Bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan talablar:

• Kamida 7 yillik tegishli ish tajribasi, jumladan:
– kamida 3 yil rahbarlik lavozimlari;
– strategiya, boshqaruv konsaltingi yoki loyiha boshqaruvi sohasida tajriba.
• Korporativ strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan ekspertiza bilish;
• Loyihalar portfeli va kross-funksional jamoalarni boshqarish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish;
• Neft-gaz sohasi va asosiy biznes jarayonlarini chuqur tushunish;
• Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha vositalardan ishonchli foydalanish:
– strategik tahlil;
– moliyaviy modellashtirish;
– investitsion samaradorlikni baholash (NPV, IRR);
– samaradorlikni boshqarish (KPI).
• Top-menejment va kollegial boshqaruv organlari uchun analitik hamda taqdimot materiallarini tayyorlash;
•Kuzatuv kengashi va aksiyador bilan ishlash tajribasi — ustunlik hisoblanadi.
• Loyihalarni boshqarishning zamonaviy yondashuv va metodologiyalarini bilish (PMO, Agile, Waterfall, Hybrid);
• Til bo‘yicha talablar: O‘zbek, rus, ingliz tillarini erkin darajada bilish majburiy (qo‘shimcha xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi.).

Asosiy kompetensiyalar:

• Strategik va analitik fikrlash;
• Rivojlangan liderlik fazilatlari va boshqaruv yetukligi;
• Kross-funksional hamkorlik va stakeholderlar bilan ishlash ko‘nikmalari;
• Samarali ishbilarmonlik kommunikatsiyasi va taqdimot ko‘nikmalari;
• Natijaga yo‘naltirilganlik va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish;
• Yuqori noaniqlik va ko‘p vazifali muhitda ishlash qobiliyati;
• Top-menejment darajasida boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘nikmalari;
• O‘zgarishlarni boshqarish (change management).

Quyidagilar ustunlik beriladi:

• Xalqaro konsalting kompaniyalarida ish tajribasi (Big4, Strategy consulting — McKinsey, BCG va boshqalar);
• Xalqaro professional sertifikat va malakalarning mavjudligi (PMP, CFA, ACCA, MBA va boshqalar);
• Yirik transformatsion yoki raqamlashtirish loyihalarida ishtirok etish tajribasi;
• Xalqaro muhitda ishlash va xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik qilish tajribasi.

Bandlik formati

• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish.
• To‘liq bandlik (ofis formatidagi ish).
Ish jadvali: 5 kunlik ish haftasi.
• Mehnatga haq to‘lash shartlari muvaffaqiyatli nomzod bilan individual tarzda muhokama qilinadi.

Rezyume/obyektivlarni ushbu havola orqali yuborish mumkin: https://www.ung.uz/about/vacancy/21/sub/46/1
Muddat: 2026-yil 1 iyuniga qadar

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon qilish mumkin: +(99871) 207-27-72 (23-36, 25-69).

"Oʻzbekneftgaz" AJ Axborot xizmati