Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyaviy vaziyatlarni bartaraf etish rejasi asosida yanvar oyida 25 ta tizim korxonasida 61 marta oʻquv-mashq trevogasi oʻtkazildi.
Maqsad – ishchi-xodimlarni favqulod vaziyatlarda xavfsiz va toʻgʻri harakatlanib, jarohatlangan xodimlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni mustahkamlashga va tuzilmaviy xizmatlar bilan birgalikda harakatlarni baholashga qaratilgan.
Ushbu tadbir Sanoat va ekologiya xavfsizligi, sogʻliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi departamenti xodimlari ishtirokida tizim korxonalari maʼsul xodimlari tomonidan tashkil etildi.
Mashgʻulotda koʻngilli gazdan va yongʻindan qutqarish guruhi aʼzolari, yongʻin qutqaruv qismlari hamda Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish va bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston harbiylashtirilgan qismi xodimlari faol ishtirok etishdi.