May 17

“Honeywell UOP” bilan hamkorlik rejalari muhokama qilindi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati va “Honeywell UOP” delegatsiyasi o‘rtasida muzokaralar olib borildi.

Unda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini modernizatsiya qilish va chiziqli alkilbenzol (LAB) ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Xorijiy tomon Bolgariyada o‘tkaziladigan texnologik jarayonlarni nazorat qilish tizimining sinovlari va uskunalarni “O‘zbekneftgaz” AJga yetkazish muddatlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

Shu bilan birga, tomonlar “Uzbekistan GTL” zavodi negizida chiziqli alkilbenzol ishlab chiqarish” loyihasi bilan bog‘liq masalalarni ham ko‘rib chiqishdi. Ushbu loyihani jadallashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Ta’kidlash joizki, AQSHning “Honeywell UOP” kompaniyasi O‘zbekiston bozorida 20 yildan ziyod faoliyat olib bormoqda. “O‘zbekneftgaz” AJ va kompaniya hamkorlikda 20 dan ortiq qo‘shma loyihani amalga oshirgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook