February 25

“United Energy Group” (Xitoy-Pokiston) kompaniyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

Ruscha

Unda qazib chiqarishni ko‘paytirish va uglevodorod zaxiralarini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Muloqotda ushbu yo‘nalishdagi aloqalar rivojlanishining ahamiyati, tabiiy gaz qazib olish samaradorligini oshirish maqsadida qo‘shma harakatlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi yuzasidan fikr almashildi.

Asosiy e’tibor olingan ma’lumotlar natijalarini tahlil qilish, keyingi qadamlar va asosiy harakatlar hamda samaraga erishish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro hamkorlik masalalariga qaratildi.

Shuningdek uchrashuv davomida ilg‘or texnologiyalar va innovasion yechimlarni joriy qilish, ta’lim va tajriba almashish borasida hamkorlikni chuqurlashtirishga doir ikki tomonlama manfaatlarni ko‘zlash muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv so‘ngida sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va uglevodorod resurslarini qazib olish sohasida faol va samarali hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook