“Komplayens-nazorat” tizimi taqdimot qilindi
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 20-21-avgust kunlari poytaxtdagi “Intercontinental Hotel Tashkent” mehmonxonasida davlat idoralarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas'ul xodimlar uchun “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish va “komplayens-nazorat tizimi” samaradorligini oshirish” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda “O‘zbekneftgaz” AJning Korrupsiyaga qarshi ichki komplayens-nazorat bo‘linmasi rahbar va xodimlari o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Qayd etish joizki, Agentlik tomonidan o‘tkazilgan reyting baholash natijalariga ko‘ra, 2024 yilda “O‘zbekneftgaz” AJ 92 ball to‘plagan holda “yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlari qatoriga kiritilgan.
O‘quv-seminarning ikkinchi kunida Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti mutasaddilari tomonidan Jamiyatda korrupsiya holatini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab, shart-sharoitlarni bartaraf etish, huquqiy eksperiment o‘tkazilayotgan davlat organlari va tashkilotlari xususan, “O‘zbekneftgaz” AJda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi.
Yakunda ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar olishdi. Bu muloqot tadbirning eng faol qismlaridan biri bo‘ldi hamda ishtirokchilar va ma'ruzachilar o‘rtasida ochiq fikr almashinuviga zamin yaratdi.