February 19

Raqamli islohotlar va korrupsiyaga qarshi choralar

“O‘zlitineftgaz”AJda neft-gaz sohasini raqamlashtirish orqali uning samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening hamda amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Unda dastlab institut faoliyati, ustuvor yo‘nalishlari hamda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Xususan, sohadagi ilmiy-innovatsion ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha erishilayotgan natijalar va ishlab chiqarish jarayonlariga ilg‘or yechimlarni tatbiq etishning ahamiyati atroflicha yoritildi.

Tadbir davomida institutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-yil yakunida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar tanqidiy ko‘rib chiqildi hamda joriy yil uchun ustuvor vazifalar va aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qayd etilganidek, Jamiyat normativ-huquqiy hujjatlarda iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy boshqaruv usullari asosida isloh qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash va inson omilini kamaytirish orqali samaradorlikni oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Seminarda strategik ahamiyatga ega neft-gaz sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yaxshilash bilan birga boshqaruv qarorlarining aniq, tezkor va xolisligini ta’minlashiga xizmat qilishi ta’kidlandi. Raqamlashtirish bu — faqat texnik yangilanish emas, balki boshqaruv madaniyatini yangi bosqichga olib chiqadigan tizimli islohot ekanligi qayd etildi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati